Microsoft Mobile World Congress anjumanida yangi Lumia 640 va Lumia 640 XL smartfonlarini taqdim etdi, deya xabar bermoqda “Mail.ru”.
Lumia 640 5 dyuymli va 720×1280 pikselli HD-displey, 8 megapikselli asosiy va 0,9 megapikselli old kamera, to‘rt yadroli Snapdragon 400 protsessori, 1 Gb tezkor xotira hamda 2500 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma Windows Phone 8.1 operatsion tizimida ishlaydi. Uning o‘lchamlari 141,3×72,2×8,8 mm, og‘irligi 145 grammga teng.
Lumia 640 2015-yil aprelida sotuvga chiqadi. 3G-modulli versiyasi 155 dollar, 4G LTE-modulga ega versiyasi esa 177 dollardan sotiladi.
Microsoft Lumia 640 XL yanada ilg‘or xususiyatlarga ega arzon fabletdir. Masalan, batareyasi sig‘imi kattaroq (3000 mA/s), kamerasi 8 o‘rniga 13 megapikselli, ekrani diagonali esa 5,7 dyuymdir.