MWC 2015 ko‘rgazmasi doirasida HTC kompaniyasi One M9 flagman smartfonini namoyish etdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Yangi qurilmaning avvalgi modeldan asosiy farqi shundaki, unda ultrapikselli asosiy kamera o‘rniga 20 megapikselli fotomodul o‘rnatildi. Ultrapikselli kamera esa old panelga o‘tdi.
Yangi HTC flagmani 3 Gb tezkor xotira, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 810 protsessori, 2840 mA/s sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi. Smartfon Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi.
Qurilma mart o‘rtalaridan sotuvga chiqadi.