Daewoo kompaniyasi Rossiyada 2012-yilgi Matiz va Nexia modellari uchun maxsus narxlarni belgiladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Narxlarni pasaytirish talabning keskin kamayib ketishi tufayli “aksilinqiroz takliflari” doirasida olib borilmoqda, biroq aksiya faqat 2012-yilda yig‘ilgan yangi avtomobillarga taalluqlidir.
Endi Daewoo Matiz’ning bazaviy versiyasi 256 ming rubldan (2015-yilgi model uchun narx 299 ming rubldan), 2012-yilda chiqarilgan Nexia modeli narxi esa 280 ming rubldan (2015-yilgi modeli kamida 450 ming rubldan) boshlanadi.
Izoh (0)