“O‘z-Koram Ko.” O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasi 2015-yil oxirida WLFT (shisha tolasi) xomashyosidan avtomobil qismlari ishlab chiqarish uchun yangi uskuna sotib oladi, deya xabar bermoqda UzDaily.
Ushbu loyiha 2015-yil uchun davlat investitsiya dasturiga kiritilgan edi. Korxona uskunani 2015-yil to‘rtinchi choragida xarid qilishni rejalashtirmoqda.
“O‘z-Koram Ko.” ushbu ishlab chiqarishni Gentra modeli uchun Front Impact Beam qismini o‘zlashtirish bilan yo‘lga qo‘ymoqchi. Shuningdek, Gentra avtomobili o‘tirg‘ichlari uchun WLFT xomashyosidan detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish masalasi ustida ish olib borilmoqda.
Izoh (0)