Amerikalik astronomlar va ufologlar NASA’ning Curiosity roboti olgan rasmlarni diqqat bilan o‘rganib, Marsda o‘txo‘r dinozavr bosh suyagini topib oldi, deya xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Tadqiqotchilar fikricha, yuqoridagi suratda bosh suyak aks etgan, u dinozavrniki bo‘lishi mumkin.
Rasm kattalashtirilganda qumga ko‘milgan jag‘ va burun teshigini ko‘rish mumkin. Suratda ko‘rinib turgan tishlar tadqiqotchilarning uni tosh emas, aynan bosh suyagi deb topishi uchun muhim dalil bo‘ldi. Paleontologlar o‘z navbatida, tishlar shakli va hajmiga ko‘ra, o‘txo‘r hayvonga tegishli ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)