Nyu-Yorkning Manxetten tumani maslahatchilar sudi Falastinni ozod qilish tashkiloti (FOT) va Falastin hukumatiga 2002—2004-yillarda Quddusdagi teraktlar natijasida halok bo‘lgan yoki jabrlangan AQSh fuqarolari va ularning oila a’zolariga 218,5 million dollar to‘lash majburiyatini yukladi, deb yozadi “TASS”.
Tegishli qaror shu asosda qabul qilindiki, FOT va muxtoriyat rahbarlari o‘sha hujumlar tashkilotchilarini yashirgan va ularga hamkorlik qilgan, shu tufayli ular endi tovon puli to‘lashi kerak.
Nyu-York sudiga da’vo hujumlarda qurbon bo‘lgan yoki jarohat olgan amerikalik o‘n nafar fuqarolarning oilalari tomonidan berilgan.
Izoh (0)