Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoy bilan talash bo‘lib turgan Arunachal Pradesh tumaniga tashrif buyurgani uchun Xitoy Xalq Respublikasi Hindistonga “rasmiy e’tiroz bildirib, qat’iy norozilik izhor etdi”. Bu haqda rasmiy Xitoy OAVlariga tayanib, Interfax xabar berdi.
XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Chjenmin Hindistonning Xitoydagi elchisini chaqirib, bosh vazirning bunday xatti-harakati “Xitoyning hududiy suvereniteti, huquq va manfaatlariga putur yetkazishi”ni aytdi.
U shuningdek, Modining tashrifi hududiy muammo bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni sun’iy ravishda keskinlashtirishini va tomonlar o‘zaro kelishib olgan tamoyillarga qarshi chiqishini ta’kidladi.
Izoh (0)