20-mart kuni 2015-yilning eng intiqib kutilgan astronomik hodisalaridan biri — to‘liq quyosh tutilishi sodir bo‘ladi, deya xabar bermoqda “Bolshaya vselennaya” nashri.
Quyosh tutilishi bahorda kechasi bilan kunduzi teng bo‘ladigan kunda, Quyosh va Oy osmon ekvatorida kesishgan paytda yuz beradi.
Oy soyasi shimoliy Atlantikada boshlanib, Farer orollari va Norvegiya dengizidan o‘tadi, so‘ng Shpitsbergen arxipelagi orqali shimoliy qutbga o‘tib ketadi. To‘liq quyosh tutilishining maksimal davomiyligi 2 daqiqa-yu 47 soniyani tashkil etadi. Maksimal quyosh tutilishi nuqtasi Norvegiya dengizida Islandiyadan sharqda va Farerdan shimolda joylashgan.
O‘zbekistonda quyosh tutilishi qisman kuzatiladi, uning avji ertalabki 10:07 ga to‘g‘ri keladi. Bunday hodisaning keyingisini 2033-yildagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)