Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy kengashi mamlakat prezidentligiga muddatidan avvalgi saylovlarni e’lon qilish uchun hech qanday to‘sqinlik yo‘q deb hisoblaydi. Bu haqda kengash bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qozog‘iston Xalq assambleyasi kengashi 14-fevral kuni prezident saylovlarini muddatidan avval o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi. Qator siyosiy partiyalar va jamoatchilik birlashmalari bu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Konstitutsiyaviy kengash parlament senati rahbarining murojaatini ko‘rib chiqdi, unda Qozog‘iston konstitutsiyasining 41-moddasi 1—3-bandlariga rasman sharh berish so‘ralgan edi.

Bunga javoban, Konstitutsiyaviy kengash tegishli bandga rasmiy izoh berib, respublika konstitutsiyasida davlat rahbari tomonidan muddatidan avvalgi prezidentlik saylovlari belgilanishida hech qanday to‘sqinlik va cheklovlar ko‘zda tutilmaganligini qayd etdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi