Apple va Yaponiyaning displey ishlab chiqaruvchi Japan Display Inc. (JDI) kompaniyasi o‘rtasida iPhone uchun displey yetkazib beruvchi maxsus zavod qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralar bormoqda, deb yozadi “Mail.ru”.
Manbalar xabariga ko‘ra, JDI iPhone uchun asosiy displey yetkazib beruvchiga aylanmoqchi. Biroq bunday hamkorlik uchun Apple Isikava prefekturasida zavod qurilishiga 200 milliard yen (taxminan 1,7 milliard dollar) sarmoya kiritishi kerak.
U 2016-yildan ishlay boshlashi taxmin qilinmoqda. Agar kelishuv muvaffaqiyatli imzolansa, Apple LG va Samsung’ga displey buyurtma qilmay qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)