AQShning Kaliforniya va San-Diyego universiteti olimlari bir qator kompaniyalar bilan hamkorlikda kundalik taqish uchun kontakt linzalar ishlab chiqdi, ular oddiy ko‘z qisish orqali teleskopik ko‘rish rejimiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “3dnews.ru” xabar bermoqda.
Teleskopli kontakt linza alyumiy ko‘zgular va polyarizatsiya plyonkasidan iborat tizim asosidagi qattiq linzadir. Tuzilma reflektiv teleskopga o‘xshash bo‘lib, uning tubidagi ko‘zgu tasvirni kattalashtiradi va teskari aks yordamida uni ko‘zgudagi markaziy tuynuk orqali ko‘zga yiriklashtirib tushiradi. Teleskop rejimiga o‘tish o‘ng ko‘zni yumib ochish orqali amalga oshiriladi, oddiy rejimga esa chap ko‘zni qisish orqali qaytiladi.
Izoh (0)