Britaniyaning Rolls-Royce kompaniyasi Braziliyaning Petrobras davlat neft kompaniyasidagi korrupsiya bilan bog‘liq shov-shuvga aloqador bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Korrespondent.net”. Britaniya korporatsiyasi poraxo‘rlikda ayblanmoqda.
Petrobras sobiq bosh menejeri Pedro Barusko politsiyaga xabar qilishicha, Petrobras neft platformalari uchun turbinalar yetkazib beruvchi Rolls-Royce Braziliya kompaniyasi rahbariyatiga o‘z agenti orqali pora berib, evaziga 100 million dollarlik shartnoma so‘ragan.
Barusko so‘zlariga ko‘ra, uning shaxsan o‘zi pora sifatida kamida 200 ming dollar olgan. U neft kompaniyasining boshqa siyosatchilari va rahbarlari ham pora olganini ma’lum qildi.
Rolls-Royce vakillari har qanday o‘rinsiz ishbilarmonlik xatti-harakatlariga chidab turmasliklarini va barcha zarur choralarni ko‘rishlarini aytdi.
Izoh (0)