Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov 2015-yilda mamlakat Yevroittifoq bilan sheriklik to‘g‘risida bitim imzolab, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishiga umid qilmoqda, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Bu haqda u 16-fevral, dushanba kuni parlamentning quyi palatasi “hukumat soati”da aytib o‘tgan.
“O‘tgan yili Yevropa ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va Qozog‘istonning Jahon savdo tashkilotiga kirishi to‘g‘risidagi yangi bitim bo‘yicha muzokaralar yakunlandi. Umid qilamizki, bu yil har ikkala protsess ham tugallanadi”, — deya ta’kidladi u.
Izoh (0)