Xususiy shartnoma doirasida Ukraina 20 ta Saxon zirhli avtomobillariga ega bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Guardian Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligiga tayanib.
Xabarlarga ko‘ra, shartnoma 2013-yilda — Donbassdagi nizolar boshlanmasidan avval imzolangan bo‘lgan. Yil oxirigacha yana 55 ta bronetransportyor yetkazilishi kerak, biroq vazirlik bu raqamlarni tasdiqlagani yo‘q.
Ma’lum qilinishicha, ushbu zirhli mashinalar Ukrainadagi janglarda qo‘llash uchun yaroqsizdir. Ular ilk marotaba 1980-yillarda ishlatilgan va 3 yil avval foydalanishdan chiqarilgan.
Izoh (0)