Telefon suhbati davomida AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi tanglikni yechishga yondashuvlari va unga nisbatan tutgan o‘rinlarini yaqinlashtirish uchun turli darajalardagi aloqalarni saqlab turishga kelishib oldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Muhokama markazidan Ukrainadagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish yo‘llari o‘rin oldi.
Putin va Obama Ukrainaning barcha hududlari, jumladan janubi-sharqidagi fuqarolari qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash zaruratini qayd etdi.
Izoh (0)