G‘arb Qrimning Rossiyaga qo‘shilganini tan olishdan bosh tortayotgan bir paytda uning eng yirik gazetalaridan biri buni e’tirof etdi, deb yozadi Foreign Policy. Amerikaning USA Today gazetasi o‘zining bosh sahifasida Ukraina xaritasini Qrimsiz holda chop etdi.
USA Today matbuot kotibi bunga izoh berish so‘roviga javob qilganicha yo‘q. Ayni paytda Ukrainaning Qrimsiz xaritasi xatolik tufayli yoki tahririyatning “ongli” qarori bilan chop etilgani noma’lum bo‘lib qolmoqda.
USA Today o‘rtacha kundalik adadiga ko‘ra Amerikaning yetakchi gazetalaridan biridir. Uning asosiy raqobatdoshlari — The Wall Street Journal va The New York Times gazetalari o‘z maqolalarida Qrimni Ukraina tarkibiga qo‘shgan holda keltiradi.
Izoh (0)