“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK 2016-yilda Toshkent va Buxoroni bog‘lovchi yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi UzDaily kompaniya bosh menejeri Sherzod Ismatullayevga tayanib. Qatnovning ishga tushishi natijasida yo‘lga ketadigan vaqt ikki barobar qisqaradi.
Uning ta’kidlashicha, kompaniya 2015—2016-yillarda Samarqand—Buxoro temir yo‘li uchastkasini elektrlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi, bu Toshkent va Buxoro o‘rtasidagi yuqori tezlikli temir yo‘l qatnovini tashkillashtirish imkonini beradi.
Loyihani amalga oshirish uchun 400 million dollar miqdorida mablag‘ ajratilgan, moliyalashtirish manbalari 100 foiz aniqlangan.
Izoh (0)