Bu yil O‘zbekistonda GM Uzbekistan avtomobillari uchun statorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz” o‘z manbasiga tayanib.
Yangi korxona “Navoiy” EIIZ hududida joylashadi. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish bilan UzERAE Alternation O‘zbekiston-Janubiy Koreya korxonasi shug‘ullanadi. Bu yerda har yili 200 mingtaga yaqin stator chiqarish ko‘zda tutilmoqda. Shu yilning o‘zidayoq 100 ming dona mahsulot ishlab chiqariladi. Loyihaning umumiy qiymati 2 million dollarni tashkil etadi.
Izoh (0)