Global ofat yaqinlashayotganini aks ettiruvchi Qiyomat qoyim soati millari 2 daqiqa oldinga surildi, deya xabar bermoqda Meduza. Endi u 23:57 ni ko‘rsatmoqda.
Soat millari davom etayotgan iqlim o‘zgarishlari va yadro quroli tarqalishi tufayli siljitildi.
Qiyomat qoyim soati millari Bulletin of Atomic Scientists jurnali xodimlari tomonidan nazorat qilinadi. Loyiha 1947-yilda ishga tushirilgan. Dastlab u yadro urushi xavfini aks ettirgan bo‘lsa, 2007-yilga kelib, iqlim o‘zgarishlari hamda fan va texnologiyalarda global ofatga olib kelishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlar ham hisobga olina boshladi.
00:00 (global ofat soati)ga 1953-yilda — sobiq Sovet Ittifoqida vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganida eng yaqin kelingan, o‘shanda soat 23:58 ni ko‘rsatgan. Sovet Ittifoqi tarqalib, sovuq urush tugagach, 1991-yilda ushbu soat millari global ofat soatidan eng uzoqda (23:43) bo‘lgan.
Izoh (0)