AQShning Nyu-Xempshir shtatida 9 yoshli egizaklarning amakisi o‘z jiyanlarini besh oy davomida uyda yolg‘iz qoldirdi, deb “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Erkak hozirda bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblanmoqda. Uyda quruq lag‘mondan tashqari hech qanday oziq-ovqat bo‘lmagan, buning ustiga, uy telefoni ham ishlamagan.
Egizak bolalarning otasi xotini bilan Nigeriyaga safari davomida akasidan bolalarga qarab turishini so‘ragan. Ammo u bolalar bilan yashash o‘rniga, ulardan xabar olish uchun haftasiga bir necha marotaba kelgan xolos.
Ota-ona pasport bilan bog‘liq muammolar tufayli yarim yillik safari tugashidan bir oy oldin qaytishga majbur bo‘lgan.
Ayni paytda bolalar ota-onalari bilan birga. Ular farzandlarini amakisi qaramog‘iga topshirib ketganligi uchun, ota-onaga qarshi hech qanday ayblovlar bo‘lmaydi.
Izoh (0)