O‘tgan yil davomida Afg‘onistonda minalardan tozalash bo‘yicha BMT dasturining 34 nafar xodimi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS” tashkilot xabariga tayanib. Bu BMT sapyorlari ushbu mamlakatda ishlayotgan 26 yil ichida eng katta ko‘rsatkichdir.
“37 ta hodisada 34 xodim nobud bo‘ldi, yana 27 nafari jabrlandi. O‘tgan yildagi o‘lim darajasi undan oldingi to‘rt yilda halok bo‘lganlarning jami soniga teng”, — dedi tashkilot bosh kotibi rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, BMTning minalardan tozalash dasturi sharofati bilan so‘nggi 26 yil ichida Afg‘onistondagi 23 mingta tuman minalardan xoli etildi, bu fuqarolar orasida qurbonlar sonini 80 foizga qisqartirdi.
Izoh (0)