Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmati (“Roskomnadzor”) diniy mavzudagi karikaturalarni chop etgani uchun “Respublika” internet-portaliga ogohlantirish jo‘natdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” idora matbuot kotibi Vadim Ampelonskiyga tayanib.
“Ekstremistik faoliyatga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, bu turli nizolarni avj oldirish deb baholanadi”, — dedi “Roskomnadzor” vakili.
Bu bunday e’lonlar uchun OAVlarga nisbatan qo‘llanilgan birinchi sanksiyadir. Ampelonskiy ta’kidlashicha, bunday amaliyot davom ettiriladi.
Izoh (0)