Fransiyada xakerlar ikki millionga yaqin kishining bank rekvizitlarini qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Le Monde. Kiberhujum natijasida TF-1 telekanaliga obuna tarqatadigan Viapresse kompaniyasi mijozlariga tegishli ma’lumotlar o‘g‘irlandi.
Xakerlar xavfsizlik tizimidagi noziklikdan foydalanib, foydalanuvchilarning hisob qaydlari va parollariga ega bo‘ldi.
Biroq telekanal vakillari TF-1 bazalariga zarar yetkazilganini rad etmoqda.
Izoh (0)