AQSh jamoat arboblari orasida eng ko‘p amaldagi prezident Barak Obama va mamlakatning sobiq bosh kotibi Hillari Klinton amerikaliklar tahsiniga sazovordir. Bu haqda Gallup tadqiqot markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib, Interfax xabar berdi.
Shu tariqa, so‘rov ishtirokchilari Amerika prezidentini 2008-yilda saylanganidan buyon ketma-ket 7-marta eng hurmatga sazovor shaxs sifatida e’tirof etdi.
Klinton eng hurmatli ayollar reytingida so‘nggi 18 yil ichida 17-marotaba birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Gallup kompaniyasi tomonidan 70 yil davomida an’anaviy ravishda tashkillashtirilib kelinadigan so‘rov 8—10-dekabr kunlari o‘tkazildi.
Izoh (0)