Yavan dengizidagi AirAsia kompaniyasi samolyoti halokatga uchragan hududda to‘rtta yirik obyekt topildi, deya xabar bermoqda Interfax.
Bu haqda Indoneziyaning Bambang Soelistyo milliy qidiruv va qutqaruv agentligi rahbari jurnalistlarga ma’lum qilgan.
Avvalroq AirAsia samolyoti qulagan joydan 30 kishining jasadi topilgani ma’lum qilingan edi.
28-dekabrga o‘tar kechasi Indoneziyaning Surabaya shahridan Singapurga yo‘l olgan Malayziyaning AirAsia kompaniyasiga tegishli Airbus 320-200 samolyoti yo‘qolib qoldi.
Indoneziya transport vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Jakartadagi havo harakati ustidan nazorat xizmatining layner bilan aloqasi mahalliy vaqt bilan 6:17 (Toshkent vaqti bilan 4:17) da uzilib qolgan.
Samolyotda jami 155 yo‘lovchi bo‘lib, ularning 149 nafari indoneziyalik, uch nafari koreyalik, bir nafari britaniyalik va yana biri malayziyalik.
Izoh (0)