2-yanvar, juma kuni Qozondagi Kul Sharif masjidida Qur’onni kecha-yu kunduz muttasil tilovat qilish boshlandi. Bu haqda Interfax xabar bermoqda.
“Yilda 365 kun davomida kecha-kunduz Kul Sharif masjidida Qur’on qiroat qilinib, Rossiya va Tatariston tinchligini so‘rab duo o‘qiladi”, — dedi Tatariston Musulmonlar diniy boshqarmasi matbuot xizmatidagilar.
Ularning aytishicha, muttasil Qur’on tilovat qilish nafaqat Tatariston, balki butun Rossiya uchun birinchi marta tashkil etildi.
Izoh (0)