Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot va axborot departamenti rahbari Chjon Don Xak Shimoliy Koreya Qrimning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilishini to‘liq yoqlashini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
KXDR TIV vakili Rossiya xalqiga Ukrainadagi voqealar bilan bog‘liq AQSh va G‘arb davlatlari tomonidan uyushtirilayotgan Rosssiyaga qarshi kampaniya sharoitida o‘z manfaatlarini munosib himoya qilishni tilagan.
U Pxenyan prezident Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya xalqi tashqaridan uyushtirilayotgan bosim va sanksiyalarga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsata olishiga ishonishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)