Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jamoatchilik fikrini o‘rganish butunrossiya markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga binoan, 71 foiz ovoz bilan yil siyosatchisi deb topildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Putin ushbu reytingda ketma-ket 11-marta yetakchilik qilmoqda. O‘tgan yili u 44 foiz ovoz bilan birinchilikni qo‘lga kiritgan edi.
Ikkinchi o‘rindan 8 foiz ovoz bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, uchinchi o‘rindan 5 foiz ovoz bilan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘rin olgan.
Izoh (0)