Toshkentning “Parkent” bozori yonidagi chorraha (“Shastri” chorrahasi) so‘nggi yillarda avtotransportlar tirbandligi yuzaga keladigan joy sifatida tanildi. Poytaxt hukumati ushbu muammoni bartaraf etishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “Podrobno.uz”.
Toshkent arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Asomiddin Tojiyev so‘zlariga ko‘ra, ishlar bir nechta yo‘nalishlarda olib boriladi.
Yaqin 2—3 yil davomida Parkent ko‘chasi kengaytiriladi. Rejalashtirilgan loyihalardan eng kattasi yangi yo‘l qurilishini nazarda tutadi. U Botkin qabristoni yaqinidagi aylanma yo‘ldan boshlanib, V. P. Chkalov nomidagi sobiq Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi to‘g‘risiga chiqadi.
Izoh (0)