Avstraliyaning Kvinslend shtati Kerns shahridagi uyda sakkiz nafar bolaning jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Marhumlarning barchasi so‘yib tashlangan. Qurbonlarni 1,5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil etadi.
Bundan tashqari, kasalxonaga pichoq orqali yetkazilgan jarohatlar bilan 34 yoshli ayol ham keltirilgan.
Ayni paytda voqea joyida o‘nlab politsiyachilar tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)