AQSh davlat kotibi yordamchisi Viktoriya Nuland Rossiya tomonidan yadro qurolining Qrimga olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi va buning oqibatlari yaxshi bo‘lmasligi haqida ogohlantirdi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kreml Qrimga yadro qurolini joylashtirishga qaror qilsa, AQSh va uning ittifoqdoshlari bunga qarshi chora ko‘radi.
Nuland Rossiyaning bunday xatti-harakati “o‘ta xavfli” ekanligini ta’kidladi, biroq AQSh va uning ittifoqdoshlari aynan qanday javob qilishiga aniqlik kiritmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning yadro quroli Qrimga joylashtirilishi mumkinligini istisno qilmagan edi. “Endi Qrim Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga muvofiq bunday qurolga ega davlatning bir qismiga aylandi”, — degan edi Lavrov.
Izoh (0)