17-dekabr, chorshanba kuni mustaqil Falastin davlatini tuzish loyihasi BMT Xavfsizlik Kengashiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansur xabariga ko‘ra, hujjat BMT Xavfsizlik Kengashiga Iordaniyadan kelib tushgan.
Rezolyutsiya loyihasidagi Falastin davlatini yaratish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilish uchun 12 oy ajratilgan. Hujjatga muvofiq, Isroil qo‘shinlari Falastin hududidan 2017-yil oxirigacha chiqarib ketilishi kerak.
Izoh (0)