Toshkentdagi Inha universitetida O‘zbekiston bozoridagi “Torg.uz”, Newmax Technologies, Universal Bank, “Kanstovar.uz”, “Dekos.uz” singari yirik va muvaffaqiyatli kompaniyalar rahbarlarining mazkur ta’lim muassasasi talabalari bilan ochiq ma’ruza shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda UzReport axborot agentligi.
Bu kabi uchrashuvlar talabalarga zamonaviy bozorda faoliyat yuritish uchun zarur bo'lgan bilim va ko‘nikmalar haqida tushunchaga ega bo‘lish va shu orqali karyera qurish bo‘yicha to‘g‘ri yo‘nalishni shakllantirish va kelajakda amaliyotda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.
O‘zbekiston bozoridagi bu kabi yirik kompaniyalarning rahbarlari, menejerlari va ekspertlari bilan uchrashuv, avvalo, talabalarga biznes-muhit bilan yaxshiroq tanishish, muvaffaqiyatli kompaniyalar faoliyatini tushunish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarining kompaniyalar samaradorligi, unumdorligi va daromadliligini oshirishida egallagan o‘rnini bilishga imkon beradi.
Toshkentdagi Inha unviyersiteti xalqaro tarmoq yetakchilari va mahalliy yirik kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida faol muzokaralarni boshlab yubordi. Ularning muvaffaqiyatli tarzda hayotga tatbiq etilishi esa kelajakda O‘zbekiston bozorining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘sha oladigan hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda eng murakkab muammolarni hal etish uchun yangi g‘oyalarni taklif qila oladigan yuqori malakali va raqobatbardosh bitiruvchilarni tayyorlash imkonini yaratadi.
Izoh (0)