2014-yil 3-dekabrdan O‘zbekiston Respublikasi va El-Salvador Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sayti.
Bu haqda birgalikdagi kommyunike Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Salvadorning BMTdagi doimiy va muxtor vakillari Muzaffarbek Madrahimov va Ruben Ignasio Zamora Rivas tomonidan imzolandi.
Salvador O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan 133-davlat bo‘ldi.
Izoh (0)