15—29-dekabr kunlari Toshkentdagi Ikuo Xiroyama Xalqaro madaniyat karvonsaroyi (XMK)da “XMK arxeologik to‘plamidagi antik va o‘rta asr tangalari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda muassasa rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ekspozitsiyadan 100 dan ortiq antik va o‘rta asrlar tangalari, shuningdek arxeologik qazishmalar davomida tushirilgan suratlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan mis, bronza va kumush tangalar XMK ekspeditsiyasining Qanqa va Karshaultepa shaharlaridagi qazishmalari davomida topilgan.
Izoh (0)