Rossiya prezidenti Vladimir Putin tobolsklik maktab o‘quvchisi Yekaterinaga “Zumrad” laqabli labrador-retriver zotidagi kuchuk bolasini hadya etdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
13 yoshli qizaloqqa sovg‘ani Tobolsk ma’muriyati rahbari Vladimir Mazur topshirdi. “Men avvaliga maktubimni Qorboboga jo‘natmoqchi edim, biroq u mavjud emasligi uchun Vladimir Vladimirovichga yo‘lladim”, — dedi Yekaterina.
Qiz Putinga noyabr o‘rtalarida yuborgan xatida “yaxshi” va “a’lo” baholarga o‘qishini, hayvonlarni sevishini hamda labrador boqishni juda ham istashini yozgan edi. Yekaterina orzusi amalga oshganidan quvonib, prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Izoh (0)