Bering dengizida cho‘kib ketgan Janubiy Koreyaning “Orion 501” baliq tutuvchi kemasiga tegishli to‘rtta puflab shishiriladigan qutqaruv qayig‘i ekipaj a’zolarisiz topildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Orion 501” baliqchi kemasi 1-dekabr kuni Bering dengizida cho‘kib ketgan. 60 kishidan ko‘proq ekipaj a’zolari asosan Janubiy Koreya, Filippin va Indoneziya fuqarolaridan iborat bo‘lgan. Bortda bo‘lgan rossiyalik inspektor va yana olti kishi qutqarilgan. Bir kishi halok bo‘lgan, qolgan 53 kishi bedarak yo‘qolgan.
Janubiy Koreya hukumati kema halokatidan jabrlanganlarni qutqarishda yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qilgan. 2-dekabr kuni qidiruv ishlariga qo‘shilgan AQSh samolyoti halokat hududida aylanib uchgan, biroq ko‘rish qiyinligi bois hech narsa topa olmagan.
Izoh (0)