Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger klub xo‘jayinlaridan biri, rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning tanqidiga javob qaytardi, deb xabar bermoqda The Daily Telegraph.
“Bizning klubda o‘z qadriyatlarimiz mavjud, ulardan eng asosiysi − qiyin paytlarda birdamlik ko‘rsatish. Ikkinchisi esa − agar aytadigan biror gaping bo‘lsa, gazeta orqali emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapir”, − dedi fransiyalik mutaxassis.
Avvalroq, Alisher Usmonov klubning har bir pozitsiyasi kuchaytirilishi kerakligini ta’kidlab, Arsen Venger faoliyatining samaradorligiga shubha bilan qarayotgani va uni o‘z xatolarini tan olmaslikda ayblagani xabar berilgan edi.
Izoh (0)