Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal sur’atlar bilan o‘smoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
2014-yilning yanvar — sentabr oylarida ushbu ko‘rsatkich qariyb 4,6 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Ayni paytda investitsiya hamkorligi ko‘lami ham muntazam kengaymoqda. Rossiyalik ko‘plab ishbilarmonlar O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bildirmoqda, O‘zbekistonga investitsiya kiritib, qo‘shma korxonalar tashkil etmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 878 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, Rossiyaning 85 firma va kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochgan. Rossiyada O‘zbekiston kapitali ishtirokidagi 512 korxona faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilganidek, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida imzolangan qariyb 200 davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo hujjatlar o‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini tashkil etadi.
Izoh (0)