Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda “Sports.uz” ma’lumotiga tayanib, “Kun” xabar bermoqda.
Chempionat doirasida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining Kongressida 2017-yilgi jahon chempionati mezbonligini Malayziyaning Pinang shahriga topshirish haqida qaror qabul qilingan.
“Sports.uz”ning qayd etishicha, ushbu jahon chempionati mezbonligi uchun O‘zbekiston, shuningdek, Belorussiya va Turkiya davlatlari ham da’vogarlik qilgandi. Ma’lumot uchun, 2015-yilgi jahon chempionati AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish joiz, Olma-Otada yakuniga yetgan musobaqada O‘zbekiston og‘ir atletikachilari yettinchi o‘rinni egalladi. Jahon chempionatida Shimoliy Koreya, Qozog‘iston, Xitoy, Rossiya, Eron va Albaniya termalari O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarni band etdi.
Izoh (0)