2015-yilda Qirg‘iziston hududida markazdagi kuchi 6−7 ballga teng bo‘lgan zilzilalar ketma-ketligi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti direktori Kantbek Abdraxmatovga asoslanib “Vecherniy Bishkek” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘iziston hududi 2013-yildan seysmik faollikka kirgan bo‘lib, bu holat 2014-yilning dekabri va 2015-yilning yanvarida o‘z cho‘qqisiga chiqadi.Seysmik xavf eng katta bo‘lgan hududlar sirasiga O‘sh viloyatining Oloy va Chon-Oloy tumanlari, shuningdek Issiqko‘l viloyati kiradi. Yer silkinishlari 6−7 balldan yuqori yoki aksincha pastroq bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Izoh (0)