2014-yilning 21-noyabr kuni Ashxobodda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.
Hamdo‘stlik mamlakatlari hukumat rahbarlari hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha yigirmaga yaqin loyiha hujjatlarini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.
Xususan, 2011-yil 18-oktabrdagi Erkin savdo to‘g‘risidagi shartnoma amalga oshirilishining borishi, shuningdek, atom energetikasi sohasidagi hamkorlik, Hamdo‘stlik hududida gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)