Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mashinani uning ichida uxlayotgan chaqaloq bilan birga evakuatsiya qilishdi, deya xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”. Evakuator ishchilari mashina oynalari qoraytirilgani tufayli to‘rt oylik bolakayni ko‘rmay qolgan.
Sankt-Peterburg bo‘yicha Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, to‘xtash taqiqlangan joyda turgan Volkswagen’ni postdagi politsiyachi ko‘rib qolgan. Mashinaning eshiklari berk bo‘lgan, egasi esa yaqin atrofda ko‘rinmagan, shunda YHXDI xodimi evakuatorni chaqirgan.
Jarima joyiga ketishda yarim yo‘lda inspektorga hamkasblari qo‘ng‘iroq qilib, mashinada chaqaloq borligini aytgan. Bolaning otasi evakuatorga yetib olib, ko‘chma savatda tinchgina uxlab yotgan o‘g‘lini mashinadan chiqarib olgan.
Ayni paytda YHXDI chaqaloqning ota-onasini uni to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda yopiq mashina ichida qoldirib ketgani uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha hujjatlar to‘plamoqda.
Izoh (0)