Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 21-noyabrni Qadr-qimmat va erkinlik kuni, 22-yanvarni esa Ukraina birdamligi kuni sifatida nishonlash haqidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
“Ukraina — qadr-qimmat va erkinlik hududi. Bizni bir emas, ikkita inqilob — 2004-yilgi Maydon va 2013-yilgi inqilob shu darajaga keltirdi. Bularda ukrainaliklar o‘zlarining yevropacha xislatlarini, qadr-qimmatini namoyish etdi”, — dedi Poroshenko.
Uning aytishicha, 22-yanvar kuni avvalgidek Ukraina birdamligi kuni nishonlanadi.
Nashrning qayd etishicha, bundan avval 22-yanvar Ukrainada Birlik va birdamlik kuni deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)