Rossiyalik olimlar ilk gipertovushli raketalarni yaqin olti yil ichida — 2020-yilgacha yaratishi mumkin, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” “Taktik raketali qurol-yarog‘” korporatsiyasi bosh direktori Boris Obnosov bayonotiga tayanib.
Obnosov AirshowChina aviatsion-kosmik ko‘rgazmasi chog‘ida dastlab havoda bazaga ega bo‘lgan gipertovushli raketalar paydo bo‘lishini, chunki ular parvoz etayotgan eltuvchi samolyotdan uchirilishi tufayli tezlikning boshlang‘ich zaxirasiga ega bo‘lishini ta’kidladi.
U shuningdek, 2030-yilgacha boshqariladigan gipertovushli uchar qurilmalarni yaratish haqida gapirishga hali erta ekanligini aytdi va ularning paydo bo‘lishiga 2030—2040-yillar oralig‘ida imkoniyat yuzaga kelishini taxmin qildi.
Izoh (0)