AQSh prezidenti Barak Obama 12-noyabr, chorshanba kuni Kongressga xat yozib, Eronga qarshi sanksiyalarning yana bir yilga uzaytirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Bizning Eron bilan munosabatlarimiz normallashganicha yo‘q”, — deyiladi davlat rahbari maktubida. Shu munosabat bilan Obama 1979-yilgi farmon ijrosini o‘z kuchida qoldirishga qaror qildi. Unga ko‘ra, Eron bilan munosabatlarda “favqulodda vaziyat” e’lon qilinadi va unga nisbatan sanksiyalar kiritiladi.
Izoh (0)