Pokiston o‘rta masofaga uchuvchi “Xatf-6” ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “TASS”. U ham oddiy, ham yadroviy qismlar bilan jihozlanishi mumkin.
“Shaxin-2” deb ham ataladigan ushbu raketa “yer—yer” sinfiga mansub bo‘lib, 1,5 ming kilometr uzoqlikdan nishonni mo‘ljalga oladi. “Xatf” seriyasidagi raketalarni ishlab chiqish 1980-yillar o‘rtalarida boshlangan.
Pokiston prezidenti Mamnun Husayn va bosh vazir Navaz Sharif olimlar va muhandislarni muvaffaqiyatli sinov bilan qutladi.
Izoh (0)