O‘zbekistonlik bokschi, WBA versiyasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev IBF, WBA, WBО va IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichkodan revansh olish istagini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Sport Ekspress”.
“Men hali ham Klichkodan revansh olishni istayman va bunga erishishimni bilaman. 2009-yilgi dastlabki jangizmizga juda kam vaqt qolganda rozi bo‘lganim sababli tayyorgarlik uchun vaqt bo‘lmagandi. Shunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarishni istamagandim. Endi esa bunaqa jangga qanday tayyorlanishni bilaman. Men optimal jismoniy holatda va to‘g‘ri ruhiy kayfiyatda bo‘lishim kerak”, − dedi Chagayev.
Ruslan bosh murabbiy sifatida Frits Zdunek, yordamchi murabbiy sifatida Artur Grigoryan, promouter sifatida Timur Dugazayev hamda bosh muxlis sifatida Ramzan Qodirov uning yonida tursa, har qanday sinovga tayyor bo‘lishini ta’kidlagan.
Izoh (0)