Shuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-22 terma jamoasi navbatdagi yig‘inini o‘tkazish uchun 12-noyabr kuni BAAning Dubay shahriga uchib ketdi. Bu haqda Stadion.uz xabar bermoqda.
Rejalarga ko‘ra, Shuhrat Maqsudov shogirdlari Dubayda uchta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. O‘zbekiston U-22 terma jamoasi dastlab Albaniya (14-noyabr), keyinchalik esa Bahrayn (16-noyabr) va BAA (18-noyabr) yoshlar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mazkur yig‘inda jami 23 nafar futbolchining xizmatidan foydalanadi.
Izoh (0)