FiberNet internet-provayderi o‘z foydalanuvchilaridan kompaniyaga to‘lovni Xalq bankining Hamza (Yashnobod) tumani filiali orqali amalga oshirmaslikni so‘radi, deya xabar bermoqda Gazeta.uz.
“To‘lovlarni vaqtida hisobga o‘tkazmaslik va to‘lov kvitansiyalarini o‘z vaqtida bermaslik bilan bog‘liq jirkanchli faoliyati tufayli, Xalq bankining Hamza filiali orqali FiberNet’ga to‘lovlarni amalga oshirmasligingizni so‘raymiz”, — deyiladi provayder saytidagi xabarda.
“Agar Xalq bankining Hamza filiali orqali amalga oshirilgan to‘lovingiz yo‘qolgan yoki o‘z vaqtida shaxsiy hisobingizga tushmagan bo‘lsa, bu masala yuzasidan ushbu bank xodimlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deya ta’kidlanadi xabarda.
Izoh (0)